UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

Ijtimoiy sheriklik – munosib mehnat garovi

11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida “Ijtimoiy sheriklik – munosib mehnat garovi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xodimlari – Shohista Chariyeva va Lola Nishonova, vazirlik kasaba uyushmasi faollari va xodimlar ishtirok etishdi. 

Soʻnggi yillarda respublikamizda sezilarli darajada ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar amalga oshirilayotgani natijasida mehnat va ijtimoiy sohalarda koʻplab oʻzgarishlarga erishildi. Inson huquqlarini taʼminlash, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilandi. Aholini munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Bu borada fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

 Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, “Jonajon vatanimiz oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga kirayotgan, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning oʻzi butun xalqimiz kabi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻymoqda”, – dedi Shohista Chariyeva. – Kasaba uyushmasi tashkilotlarining oldida turgan strategik maqsadi – ishlovchi inson va uning oilasiga iqtisodiy erkinlikni taʼminlovchi, inson qadrini kamsitmaydigan sharoitda mehnat qilib rivojlanish, dam olish, sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanish imkonini beruvchi munosib ish haqi toʻlanishiga erishish, shuningdek, xodimlarning ish haqi va daromadlarini yuksaltirishga koʻmaklashishdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan  tizimidagi xodimlarning mehnat manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ijtimoiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tarmoq jamoa kelishuvi imzolangan. Hamkorlar tomonidan tarmoq jamoa kelishuvi orqali yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish – ishlab chiqarish unumdorligining oʻsishiga, xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarining taʼminlanishiga, shuningdek, mehnat shartlarining takomillashuviga zamin yaratmoqda.

 Bugungi kunda vazirlik Markaziy apparatida 170 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritsa, ularning 20 foizga yaqini ayollar, 45 foizdan ortigʻi yoshlarni tashkil qiladi, – dedi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Gulshanoy Otaboyeva. – Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarni shartnomalar asosida tartibga solish, ijtimoiy sherikchilik tamoyilini rivojlantirish jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali amalga oshirib kelinmoqda, Tarmoq jamoa kelishuvi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kafolatlab, munosib mehnat sharoitlarini tashkillashtirishini, shuningdek, tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar uchun dasturilamal hujjat boʻlib xizmat qilayotganini Ijtimoiy sheriklikning eng samarali qoʻrinishi, desak arziydi. Bu borada vazirligimiz xodimlariga imkon qadar barcha kerakli sharoitni yaratib, doimo yordam berishga harakat qilib kelyapmiz.

 Shuningdek, tadbir davomida vazirlik kasaba uyushmalarining faol xodimlariga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etildi.