UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat vazirlik mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat vazirlik mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

 Aniqlanishicha, bu joy aslida yakka tartibdagi uy-joy qurishga mo‘ljallangan joy bo‘lib, 10 sotixli hovlida fuqaro Babajonovaga tegishli yakka tartibdagi uy-joylar borligi aniq bo‘ldi. 2018-yilda bu joy oldi-sotdi shartnomasi asosida Kulik Aleksandr tomonidan sotib olingan. Shundan so‘ng 10 sotix maydon va qurilish binolari uchun kadastr hujjati rasmiylashtirilgan. Chala qolgan qurilish ishlarini tugatish uchun tuman qurilish bo‘limiga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha murojaat qilingan. Hujjatlar to‘g‘riligi sabab obyektga yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ijobiy xulosa berilgan.

Gap shundaki,  Yashnobod tumanining “Go‘zal” mahallasi hududida yakka tartibda qurilishi mo‘ljallangan va shunga ruxsat etilgan joyda qurilishi tugallanmagan binolar bor. Biroq mazkur hududdan ko‘p qavatli turar-joy binosini qurish uchun vazirlik va  uning quyi bo‘g‘indagi tashkilotlari tomonidan ruxsatnoma berilmagan. 
Shaharsozlik kodeksining 54-moddasiga ko‘ra aholi punktlari hududida obyektlarni bosh rejasiz, boshqa zarur hujjatlarsiz loyihalashtirish hamda qurilish ishlari taqiqlanishi belgilangan. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan qavatlar sonidan qat’iy nazar yakka tartibdagi turar joylar ichida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi taqiqlangan. 
Yakka tartibdagi uy-joylar uchun mo‘ljallangan hududlarda ko‘p qavatli turar joylar qurilsa, kommunikatsiya tarmog‘i bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi.
Shu sabab hech qachon yakka tartibdagi uy-joylar uchun mo‘ljallangan joydan ko‘p qavatli turar-joylar qurilishiga ruxsat etilmaydi.
Shu o’rinda kelajakda aldanib qolmaslik uchun ko‘p kvartirali uydan xonadon xarid qilishda quruvchilar bilan o‘rtada tuzilayotgan shartnomalarni to‘liq o‘qib ko‘rishni, kerakli hollarda huquqshunoslarga mazkur shartnomani ko‘rsatishni, mazkur shartnomalarga o‘z talab va takliflarini ham kiritishlari lozimligini aytib o’tmoqchimiz.

Fuqarolarimiz bitmagan uy-joy sotib olayotganda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy saytidan quruvchi tashkilot haqida ma’lumot olishlari ham lozim. Saytdan qurilishi boshlangan uy-joylarning qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlari, shuningdek, loyiha va ekspertiza hujjatlari bilan tanishib chiqish mumkin. Qolaversa, fuqarolar qurilish boshlayotgan quruvchining 20 foiz mablag‘ga ega ekanligi, bankdan alohida hisob raqam ochganligini ko‘rib, bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Shu sabab quruvchining Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tganligini ko‘rishlarini tavsiya etamiz.