Issiqlik tarmog‘ini qurish obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Oqtosh Ota” MFY “Yangi O‘zbekiston massivi" hududida buyurtmachi "Ko‘p xonadonli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash hamda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish bo‘yicha injinering" kompaniyasi DUK tomonidan issiqlik tarmog‘ini qurish obyektida navbatdagi nazorat tadbiri o'tkazildi.
Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:
- issiqlik tarmog‘i uchun transheya qazish ishlari loyiha talablari asosida bajarilmagan;
- obyektga keltirilgan polietilen qoplamali metall quvurlarni ob-havo va korroziyaga qarshi vaqtinchalik himoyalash ishlari bajarilmagan;
- kavlangan transheya atrofi xavfsizlik lentalari bilan o'ralmagan.
Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatma berildi va kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish ishlari to'xtatildi.