UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Jamoatchilik kengashi faoliyati

Jamoatchilik kengashining yangilangan a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Jamoatchilik kengashining yangilangan a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan vazirlikning faoliyati va joriy yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan rejalarni muhokama qilish masalalari o‘rin oldi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Toir Alimatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Davlatimiz rahbarining  “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan faoliyat samaradorligini oshirish hamda sohada shaffoflikni ta’minlash maqsadida vazirlik Jamoatchilik kengashining tarkibi yangilandi.

Kengash raisi Kozim To‘lyaganov so‘zga chiqib,  Jamoatchilik kengashining yangilan tarkibini tanishtirdi. A’zolarga vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kengashning asosiy vazifasi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolar va davlat organlari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi lozimligi ta’kidlandi. Kengash faoliyatining  qayta tashkil etilishi qurilish va kommunal sohalar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutib, har bir xodimda o‘z ishi nisbatan mas’uliyatning ortishiga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga Jamoatchilik kengashining tasdiqlangan Nizomiga asosan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.