UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

JARAYON

Davlatimiz rahbarining 2023-yil 10-aprel kuni tasdiqlangan PQ-118 sonli qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan seminar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham boʻlib oʻtdi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Issiqlik ta’minoti tizimini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.To‘rayev,  Loyiha faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Muhammadiyev, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmalari, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Samarqand va Qashqadaryo filiallari, “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK tashkilotlaridan vakillar hamda dastur loyihachilari va pudratchi tashkilotlari rahbarlari qatnashdilar.

???? Tadbirda qarorning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotini optimallashtirishdagi oʻrni boʻyicha yigʻilganlarga atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilarining dasturda belgilangan vazifalar ijrosini o’z vaqtida ta’minlash bo‘yicha yuzaga kelayotgan kamchilik va muammolari qabul qilindi. Mazkur masalalarga yechim topish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Oʻzaro konstruktiv suhbat davomida kelgusidagi aniq vazifalar belgilab olindi. Tadbir davomida bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinishi ta’kidlandi.