UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

JARAYON

Toshkent shahar Qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi  qurilish ishlari va ishchi xizmatchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.  Manzil Mirobod tumani Qo'yliq-3 dahasidagi buyurtmachi “Great City” MCHJ tomonidan qurilayotgan "Salom Qo'yliq” ko'p qavatli turar-joy majmuasi.

O'rganish davomida ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko'zdan kechirildi.  Ish haqlarini o'z vaqtida berish, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish  bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib,  xodimlarning  mehnatni muhofaza qilishga oid muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek bunday hamkorlikdagi o‘rganish ishlarini doimiy ravishda amalga oshirishga kelishib olindi.