UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

JARAYON

Sir emas, so'ngi paytlarda aholi bilan quruvchi tashkilotlar o'rtasida shartnoma shartlarining buzilishi yoki uy-joylarni belgilangan muddatlarda topshirmaslik kabi holatlarga duch kelinmoqda. Bu esa ko'plab aholining haqli e'tiroziga sabab bo'lyapti. Masalani konseptual jihatdan hal qilish, mavjud muammoga yechim topish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan yig'ilish oʼtkazildi.

Unda Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, shuningdek, nufuzli qurilish kompaniya (developerlar) vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalarda turli fikrlar o'rtaga tashlandi. Xususan, odamlarning o'z vaqtida, sifatli va arzon uy-joy sotib olishdagi huquqlarini ta'minlash, bu borada amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar e'tirof etildi. Shuningdek, dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda aholi va quruvchi kompaniyalar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga oid takliflar bildirildi. Munozaralarda har bir jihat chuqur tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.