UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

JARAYON

Bugun Farg‘ona shahridagi "Tadbirkorlar markazi"da Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshchiligida “Korrupsiya-rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda viloyat boshqarmasi hamda shahar va tuman bo‘lim xodimlari, hududda faoliyat olib borayotgan loyiha tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

Unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i J.Fayziev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror hamda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning mazmun-mohiyati haqida atroflicha mulohaza yuritildi.

Shu bilan birga sohada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi ayrim omillar haqida so‘z bordi. Tizimda ochiq va shaffof nazorat o‘rnatilishi qurilish obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hodisalarning bevosita oldini olishga xizmat qilishi alohida ta'kidlandi.

O‘z navbatida bildirilgan fikr va xulosalar asosida mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi. Mazkur seminar hududlar bo'ylab davom etmoqda.