UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Jizzax shahri koʻp qavatli turar joy binosi qurilishi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi

Jizzax shahri “Zilol” MFY hududidagi koʻp qavatli turar joy binosi qurilishi Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Buyurtmachi va pudratchi “Metan korea” MCHJ tomonidan qurilayotgan  turar joy binosi inspeksiyadan 2019-yil 1-aprelda xabarnoma orqali ro‘yxatdan oʻtgan.

Buyurtmachi tomonidan 4 ta ko‘p qavatli turar joy binolarida qurilish-montaj ishlari olib borilgan boʻlib, 1-2-sonli uy-joylarda qurilish ishlari tugatilgan va bino foydalanishga topshirilgan.

3-4-sonli uy-joylarda esa hozirda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda. 

Tanqidda ko‘rsatilgan 4-sonli uy-joyning mansarda qurilishi bo‘yicha Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish yuzasidan Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 12-iyundagi ijobiy xulosasi olingan. Jumladan, mazkur uy-joyning mansarda qismiga “Grand super projekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasi olingan. Obyektda doimiy nazorat o‘rnatilgan.