UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi

Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi  “AGRO KVANT”  MCHJ tomonidan  Jizzax shahar “Qassoblik”MFY hududida  birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, yuqori qavatlari esa turar-joy binosi bo'lgan obnektda nazorat tadbirlari o'tkazildi.

 Natijada unda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • ishchi loyihada ko‘rsatilgan  binoning 2-3-qavatlararo chiqish zinapoyalari  armokarkaslarining o'lchamlari loyiha asosida bajarilmagan;
  • obyektning birinchi qavatida bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun tegishli dalolatnomalar  taqdim etilmadi.

 Qoidabuzarliklar yuzasidan qurilishning mas'ul shaxslariga inspeksiya xodimlari tomonidan yozma ko'rsatmalar berildi. Kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish ishlari to'xtatildi.