Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ichimlik suvidan foydalanish va uning nazorati boʻyicha Suvinspeksiya tomonidan qator tadbirlar amalga oshirildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ichimlik suvidan foydalanish va uning nazorati boʻyicha Suvinspeksiya tomonidan qator tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 482 ta noqonuniy ulanma, 40 ta noqonuniy qazilgan yer osti ichimlik suv quduqlari, 15 ta hisoblagich plombalari uzilganligi hamda ichimlik va oqova suv tarmoqlaridagi 892 ta nosozlik (avariya) holati, 161 ta holatda suvlarning dastlabki hisobini yuritish qoidalari buzilgani aniqlandi. Aniqlangan holatlar boʻyicha huquqbuzarlarga nisbatan 1 238,2 mln soʻmga teng 577 ta maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi. Hududlarda oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda umumiy summasi 38 522,5 mln soʻmga teng 34 ta holat aniqlandi.
Shuningdek, 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida 773 ta ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati obyektida amalga oshirilayotgan qurilish oʻrganilganda 1 839 turdagi kamchilik aniqlandi.
Isteʼmolchilarni ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni taqdim etilishida belgilangan talablarga amal qilinishi ustidan Suvinspeksiya tomonidan nazorat oʻrnatilgan boʻlib, bu borada oʻrganilgan 5 487 ta texnik shartlardan 362 tasida qoidalar buzilgani aniqlangan. Ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanish boʻyicha 1 984 ta budjet tashkilotida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 282 turdagi kamchilik aniqlandi, mazkur holatlar boʻyicha 194 ta 287,9 mln soʻmga teng maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi. Ichimlik suvidan oqilona foydalanish hamda isrofgarchilikga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, “Suvni birgalikda asraylik” mavzusidagi targʻibot tadbiri hamda ichimlik suv va oqova suv xizmatlari sohasidagi qonunchilik yangiliklari va isteʼmolchilar oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha 657 ta davra suhbati amalga oshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga 300 ta majburiy koʻrsatma kiritildi.