“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mulkdorlar tomonidan ko‘p kvartirali uyning boshqarish usulini tanlash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayonida joylarning mulkdorlari orasidan yig‘ilish raisi va kotibi saylanishi va uning bayonnomasi yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
Yig‘ilish raisi va kotibi kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan mulkdorlarning ovoz berish natijalari va ularning bayonnomada to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar hisoblanadilar.