Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga kasb etadi
Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu ma’noda joylarda ko‘p qavatli uylar, xususan, yerto‘la, tom va fasad qismlarni ta’mirlash, muhandislik tarmoqlarini yuvish va tekshiruvdan o‘tkazish, mavsumda kuzatilishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bir necha hududlarda bo‘lib, boshqaruv tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir fikrlari bilan qiziqdi.
Dastlab vazir o‘rinbosari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Avayxon obod group” BSK tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ahamityalisi, kompaniya aholi murojaatlariga asosan Qorasuv-2 mavzesi Shukur Burhonov nomidagi mahalla 38-son uy tutash hududida asfalt bilan qoplash ishlarini amalga oshirgan. Aholi esa sohadagi bunday tub o‘zgarishlardan xursand.
Shuningdek, kompaniyada boshqaruvida bo‘lgan bir necha uylarning yerto‘lasi davlat dasturi asosida to‘liq ta’mirlanib, topshirilgan. Vazir o‘rinbosari yerto‘lalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, sifat va qo‘shimcha servis xizmatlar sonini oshirishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.