Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi Davlatimiz rahbari e'tiborida!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi arafasida e'lon qilingan Prezidentimizning tegishli farmoni doirasida o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi bilan obro‘-e'tibor topgan bu insonlarni Farg'ona viloyati ahli nomidan qutlab, ezgu tilaklarini bildirgan viloyat rahbari, mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi.
E'tiborli jihati, taqdirlanganlar orasida kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimining o‘rin olishi bevosita yurtboshimiz tomonidan kommunal sohaga berilayotgan keng ko‘lamli e'tibor mahsulidir.
➖ "Kichik mehnatimizni yuksak qadrlab, Prezidentimiz tomonidan yuqori darajada e'tirof etilishi bizni benihoya quvontirdi. BSKlar faoliyatini munosib rag'batlantirish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini viloyatimizda obod manzillarga aylanayotgan mahallalar, yangidek ta'mirdan chiqarilayotgan ko'p kvartirali uylar misolida ham ko'rishimiz mumkin. Bosh maqsadimiz esa — sidqidildan mehnat qilib, xalq roziligiga erishish! Bugungi mukofot shaxsan men uchun kelgusi faoliyatimga katta stimul bo'ldi", - deydi Farg‘ona shahridagi 43 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Charosxon Kamchiyeva.