UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori Aʼzamiddin Qoʻldoshev qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, loyiha hamda pudrat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 460-sonli qarori ijrosi doirasida joriy yilning 4-noyabrida Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori Aʼzamiddin Qoʻldoshev qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi, loyiha hamda pudrat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi. 

Muloqot davomida shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalari mutaxassislarini  davriy sertifikatlash tizimi joriy etilganligi, uning mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi. Maʼlumki, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini amalga oshirish vazifasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklatilgan va malaka oshirish kurslari allaqachon start olgan.

 Shuningdek, uchrashuvda quyidagi yoʻnalishlar:

  • texnik nazorat (umumqurilish ishlari);
  • loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini tashkil etish va taʼminlash;
  • pudrat tashkilotlarining ichki nazorati boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, nazariy, masofaviy va amaliy oʻquv mashgʻulotlari boshlanganligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab sertifikatga ega boʻlmagan mutaxassislarga xavflilik darajasi II, III va IV toifali qurilish obyektlarining, shuningdek, budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan I toifali qurilish obyektlarining arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, texnik nazoratni amalga oshirish, qurilish-montaj ishlari sifatini nazorat qilish va nazorat oʻlchovini amalga oshirish jismoniy shaxslarga koʻp kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish taqiqlanadi.