UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  seminar-trening oʻtkazilmoqda

Ayni daqiqalarda Sergeli tumani hokimligi binosida mazkur hududdagi koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv tashkilotlari vakillari uchun “Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan  seminar-trening oʻtkazilmoqda.

Ushbu seminarda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshqaruv tashkiloti mas’ullariga qarorning mazmun-mohiyati, unda berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarning mas’uliyati haqida ma’lumot bermoqda.
- Qaror bilan koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatish sohasidagi muammolarni oldini olish imkoniyatiga ega boʻlmoqdamiz. Ammo bu katta mas’uliyat hamdir. Bundan buyogʻiga aholi tomonidan boshqaruv tashkilotlari xizmat sifatiga talab ortadi. Oldimizda kuz-qish mavsumi. Davlatimiz tomonidan berilayotgan shuncha imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yuqori javobgarlikni his qilishimiz shart, - dedi Ozoda Joʻrayeva. 

Tadbirda shuningdek,  qarorning sohani takomillashtirish jarayonidagi o'rni haqida so'z bormoqda. Mutasaddilar yig'ilganlarning savollariga batafsil javob bermoqdalar.