UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Xalqaro hamkorlik

Koreyaning KICT instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasidagi seminar

 Shu kunlarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda sohaga mas'ul boshqa tashkilotlarning mutaxassislari Koreya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turishibdi. Vakillarimiz Koreyaning KICT instituti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston shaharsozlik normalari va qoidalarini modernizatsiya qilish” hamkorlik loyihasi doirasidagi seminarda ishtirok etishmoqda. 
 
Ilk uchrashuv bino va inshootlarning arxitektura, shovqindan himoya hamda elektr jihozlari va tarmoqlariga oid shaharsozlik normalari va qoidalari muhokamasiga bag‘ishlandi. Unda koreyalik mutaxassislar o‘z tajribalari xususida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdilar. 
 
Dastlab  shaharning shovqin xaritalarini ishlab chiqish, uni hosil qiluvchi omillar muhokama qilindi. Shuningdek, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya kabi davlatlarning uyg’unlashtirilgan tajribalari asosida shovqin darajalarini hisoblash va ularga qarshi muhandislik chora-tadbirlarini qo‘llash usullari bo‘yicha  taqdimotlar o‘tkazildi.
 
Umuman olganda bu kabi uchrashuvlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida hamkorlik loyihalarini kuchaytirish, o‘zaro tajriba va fikr almashish maydoni bo'lib xizmat qilmoqda.