Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!
Bugun “Qishloqqurilishloyiha” DMda Toshkent shahar prokuraturasi vakillari ishtirokida “Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan 419-son hamda 2024-yil 5-iyundagi 931-son qonunlarining mazmun-mohiyati haqida xodimlarga batafsil tushuncha berildi.
Shuningdek, muassasani korrupsiyasiz sohaga aylantirish, shaffoflikni kuchaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida xodimlarning huquqiy ongi va bilimini oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Qayd etish lozimki, bunday uchrashuvlar shubhasiz, davlat xizmatchilari orasida halollik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.