Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Latviya davlatida o‘tkazilgan "Yozgi maktab"da ishtirok etdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari ham O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Latviya davlatida o‘tkazilgan "Yozgi maktab"da ishtirok etdi
Mazkur tashrif Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Tadbir davomida Yevropaning ilg‘or tajribalari, jumladan, davlat moliyaviy nazorati, davlat mulkini boshqarish, investitsiya va sanoat sohalarida shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyani jilovlash bo‘yicha zamonaviy mexanizmlar o‘rganildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi uchun ushbu xalqaro tajriba ayniqsa muhim. Sohada shaffoflikni oshirish, raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yanada kuchaytirishda bu tajriba alohida ahamiyat kasb etadi.