Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8–10-oktabr kunlari Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Xorazm viloyatida bir qator uchrashuv va tahliliy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Qo’chqorov tomonidan Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasida sohada korrupsiya holatlarini oldini olish va uning kelib chiqish omillarini bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Jarayonda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi rahbariyati hamda tuman-shahar bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, maishiy korrupsiyaning kelib chiqish sabablari va joylardagi holatlar yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korrupsion holatlarning oldini olish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash va huquqiy ongni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.