KOSCA delegatsiyasi Kompetensiyani rivojlantirish institutida bo‘ldi
2025-yil 22-may kuni Koreyaning yirik qurilish uyushmalaridan biri – Korea Specialty Contractors Association (KOSCA) delegatsiyasi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutning qurilish sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishidagi ishlari bilan tanishdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib oldilar. Jumladan:
• malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish;
• zamonaviy o‘quv kurslarini ishlab chiqish;
• o'zaro malaka va tajriba almashuvlarini tashkil etish kabi ishlar rejalashtirildi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashda muhim maydon bo’lib xizmat qildi. Kelgusida ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.