Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rilmoqda
Maʼlumki, kuz-qish mavsumi bu sinovli fasl. Bu davrda har bir xonadon uchun eng katta ne’mat issiq uyning fayzi, toza suvning uzluksizligi va xavfsiz yashash imkoniyatidir. Shu bois mamlakatimizda mavsumiy tayyorgarlik masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, aholi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jarayonning yorqin ko‘rinishini Andijon shahri "Navoiy shoh" massivida joylashgan “Biznes House” ko‘p qavatli uylari misolida ham koʼrish mumkin.
Bu yerda “Biznes do‘stlik uylari” BSK o‘z faoliyatini fidoyilik bilan amalga oshirib, uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash ishlarini jadal suratlarda olib bormoqda.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatorida issiqlik tizimlarining sozlash, ichki kommunikatsiyalarni ta’mirlash, tom va fasad qismlarining mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. Bundan tashqari aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida 300 tonnalik suv zaxirasi yaratilishi bilan birga so‘nggi ikki yil ichida zamonaviy hojatxona va qorovulxona ham qurilib foydalanishga topshirildi.
Bugun “Biznes doʼstlik uylari” BSK xodimlari nafaqat mavsumiy tayyorgarlikni sifatli tashkillashtirmoqda, balki aholining osoyishta hayoti, qulay yashashi va xalq roziligini ta’minlash yo‘lida namunaviy faoliyat olib bormoqda.