UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik- Angren shahri tajribasi

Bugun Toshkent viloyati Angren shahrida Respublika ishchi guruhi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu tadbir orqali kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik choralari keng ko‘lamda o‘rganildi.

 Mashg‘ulotda mavsum davrida aholi uchun barqaror va xavfsiz sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov va boshqa  sohaga daxldor mas’ullar aholining muammosiz qishdan chiqishi, ko’p qavatli uylarning texnik holatini sozlash, mavsumda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari uzluksiz ishlashini ta’minlash muhimligiga urg’u berdilar.

Mashg‘ulot doirasida:
— favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash bo‘yicha rejalar taqdim etildi;
— qutqaruv guruhlari va texnik vositalarning tayyorgarligi ko‘rsatib o‘tildi;
— kommunal xo‘jalik omborlaridagi zahiralar bilan tanishildi;
— ijtimoiy soha rahbarlari tayyorgarlik yuzasidan hisobot berdi.

 Shuningdek, tadbir yakunida Angren shahar “Yoshlar bog‘i”da manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Bu amaliy ishda barcha darajadagi rahbarlar shaxsan ishtirok etdi.

Tadbirda “Angren tajribasi” bosqichma-bosqich boshqa hududlarga ham tatbiq etilishi ta’kidlandi. Maqsad aholi uchun qulay, xavfsiz va muammosiz mavsumni tashkil etishdan iborat ekanligi qayd etildi.