UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublika bo‘yicha issiqlik ta’minoti tizimlarini yangilash va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublika bo‘yicha issiqlik ta’minoti tizimlarini yangilash va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha barcha rejalashtirilgan ishlar to‘liq bajarildi.

  • Respublikada jami 44 318 ta ko‘p qavatli uy (1,5 mln dan ortiq xonadon) mavjud bo‘lib, shundan 28 311 tasi markazlashgan va individual qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.
  • Bugungi kunda 512 ta qozonxona va 3,6 ming km isitish tarmoqlari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-son qaroriga muvofiq, 53 ta qozon va 93,3 km tarmoq mukammal, 598 ta qozon va 519,2 km tarmoq joriy ta’mirdan o‘tkazildi — bu ishlar 100 foiz bajarildi.
  • Favqulodda sovuq kunlar uchun 26,5 ming tonna mazut va 16,2 ming tonna ko‘mir zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, barcha qozonxonalarda ishchi holatdagi zaxira qozonlar, 8,4 km issiqlik tarmog‘i, 411 dona zadvijka, qariyb 3,4 tonna elektrod hamda 35 ta dizel generator tayyor holatda.
  • Avariya holatlarining oldini olish maqsadida 104 ta tezkor brigada (500 ga yaqin xodim, 125 ta texnika) tunu-kun navbatchilik asosida faoliyat yuritmoqda.
  • Yil boshidan buyon 121,4 km yangi tarmoq tortildi, 61 ta qozon o‘rnatildi, yil yakunigacha esa “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 3 ta qozon va 13,7 km tarmoq ishga tushiriladi.