UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

Litsenziyalash talab va shartlarini qo'pol ravishda buzgan loyiha tashkilotining litsenziyasi bekor qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2025-yil 18-fevraldagi tegishli son taqdimnomasi kelib tushgan.

Mazkur taqdimnomada “KOMPANY LINE M” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarida bir qator kamchiliklar qayd etilgan. Jumladan, loyiha tashkiloti arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi hamda ekspertiza tashkiloti tomonidan berilgan xulosalarga zid ravishda loyiha-smeta hujjatlariga qo‘shimcha qavat qo‘shgan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, shuningdek, hududiy inspeksiya tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalarni belgilangan muddatlarda bajarmagan. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra “KOMPANY LINE M” XK tomonidan Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidagi 7 qavatli mehmonxona binosining loyiha-smeta hujjatlari arxitektura va shaharsozlik kengashi hamda ekspertiza xulosalariga zid tarzda ikki qavatga oshirib 9 qavatli qilib loyihalashtirilgani aniqlangan.

Shuningdek, loyiha tashkiloti III toifaga kiruvchi mazkur obyekt uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda litsenziyasida ruxsat berilgan murakkablik toifasiga amal qilmagan. Bu esa litsenziya talab va shartlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib kelgan.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining tegishli buyrugʻi bilan litsenziya 10 kunga toʻxtatilib, litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etishga muddat berilgan.

Litsenziat tomonidan belgilagan muddatda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga da’vo arizasi kiritilib, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan “KOMPANY LINE M” XKga 2019-yil 17-oktabrda berilgan AL-000275-sonli (II toifa) litsenziya bekor qilingan hamda litsenziyalar reyestridan chiqarilgan. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi barcha litsenziatlarni litsenziya talablari va shartlari (qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga, sanitariya qoidalari va normalariga, gigiyena normativlari)ga qat’iy rioya etish zarurligini eslatadi. 

Litsenziya talablari va shartlari buzilishi qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qoʻllanishiga sabab boʻladi.