Ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
Bugun Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma xodimlari hamda Farg‘ona shahar hokimining davlat tilida ish yuritish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Farhodjon Mamajonov ishtirok etdi.
Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning taraqqiyoti, sofligini saqlash va nufuzini yuksaltirish borasida olib borilayotgan islohotlar xususida fikr yuritildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘zbek tilining milliy qadriyatlarimizni ifoda etuvchi bebaho boylik ekanini, uni rivojlantirish va e’zozlash har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbir yakunida xodimlarga o‘z xizmat faoliyatida davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada oshirish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.



