Mamlakatimizning ko‘p xonadonli uy-joy fondini takomillashtirishga mas’ul mutasaddilar hamda respublikada faoliyat yurituvchi qator boshqaruv tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya Tataristonning Qozon shahrida bo‘lib turibdi.
Ayni kunlarda mamlakatimizning ko‘p xonadonli uy-joy fondini takomillashtirishga mas’ul mutasaddilar hamda respublikada faoliyat yurituvchi qator boshqaruv tashkilotlari rahbarlaridan iborat delegatsiya Tataristonning Qozon shahrida bo‘lib turibdi.
Ma’lumki, qozonliklar kommunal masalalar va aholi bilan ishlash bo‘yicha katta tajriba to‘plagan. Shu bois tashrif davomida o‘zaro tajriba almashish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish, shuningdek, Qozondagi ijtimoiy va infratuzilma obyektlari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash joiz, Toshkent va Qozon shaharlarining kommunal soha mutasaddilari doimo amaliy muloqotda bo‘lib, ular o'rtasida har tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilgan.
Mamlakatimiz vakillari xizmat safarining ilk kunida Qozon shahridagi aholi turar-joy obyektalari bilan tanishdi. Mulkdorlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘rganildi. Xususan, sohada raqamlashtirish, yagona integratsiya tizimi haqida yangicha ko‘nikmalarga ega bo'ldilar.
Shaharda samarali faoliyat yuritib kelayotgan "Uyutniy Dom" boshqaruv servis kompaniyasining o'ziga xos jihatlari, xizmat ko'rsatish sifati ko'zdan kechirildi. Sohani takomillashtirish yuzasidan o'zaro fikr almashildi.
Tatariston investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (TIDA) Tatariston hukumatining investitsiyalarni rivojlantirish va rag‘batlantirishga ko‘maklashuvchi maxsus ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Agentlikda yurtdoshlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarining istiqbollari, undan kutilayotgan natijalar haqida so'z bordi. Shu bilan birga “Kazan digital week” xalqaro forumi doirasida shahar boshqaruvi tizimida sun’iy intellektning roli va ahamiyati xususida taqdimot o‘tkazildi.