UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

E'lonlar

Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini va issiq suv ta’minotini joriy etishda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishda ko‘maklashish bo‘yicha konsalting xizmatlarini amalga oshirish

Loyiha: Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimini rekonstruktsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi “Issiqlik ta’minoti” loyihasini amalga oshirish guruhi vakolatli konsalting kompaniyalarni (Maslahatchilar) Xizmatlarni ko‘rsatishga qiziqish bildirishga taklif qiladi.

Manfaatdor maslahatchilar ma'lum xizmatlarni bajarish uchun zarur malakaga ega ekanligi to'g'risida ma'lumot taqdim etishlari lozim (o'xshash sharoitlarda ish tajribasi, xodimlar orasida tegishli ko'nikmalarning mavjudligi, o'xshash vazifalar tavsifi, broshyuralar va boshqalar).

Manfaatdor konsalting kompaniyalar qoʻshimcha maʼlumotlarni quyida qayd etilgan manzil boʻyicha (soat 9.00 dan 18.00 gacha) ish vaqtida olishlari mumkin.

Konsalting kompaniyalari o'z qiziqishlarini ingliz tilida rus tildagi tarjimasi bilan taqdim etishlari lozim. Ingliz va rus tilidagi versiyalar o'rtasida nomuvofiqliklar mavjud bo'lsa, inglizcha versiya ustunlik qiladi.

Qiziqish bildirishnomalari 2024-yil 10 oktyabr soat 16:00 (mahalliy vaqt, Toshkent sh.) ga qadar quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim.

QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO'ROV (DOC)

ZAPROS NA VYRAJENIE ZAINTERESOVANNOSTI (DOC)

REQUEST FOR EXPRESSION OF INTEREST (DOC)