Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligini oshirish loyihasi - "Buxoro shahrida ichki isitish tizimlarini rekonstruksiya qilish"
Jahon banki ishtirokidagi "Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqand shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi bo‘yicha MA’LUMOT
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 dekabrdagi VM-677/16-son qarori.
Jahon banki bilan tuzilgan 6173- UZ son qarz bitimi 2018 yil 17 mayda imzolangan.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar:
- 425 MVt quvvatli qozonxonalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish;
- 99 km issiqlik tarmoqlarini almashtirish;
- 1296 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatish;
- 1029 ta ko‘p qavatli uylarning ichki isitish tizimini tiklash;
Loyihani amalga oshirish yakuniga ko‘ra jami 98 ta ijtimoiy soha obyektlari (bog‘cha, kollej, maktablar), 1029 ta ko‘p qavatli uylardagi 51 786 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 168 mingdan ziyod axoli issiqlik energiyasi va issiq suv bilan ta’minlanadi.