UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Ma'naviyat va ma'rifat

Milliy liboslar kuni an'anasi davom etmoqda

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari, xususan, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi xodimlari o'z liboslarida milliylik va qadriyatlarimizni namoyon etishdi. Albatta bu bilan bir qatorda xalqimiz madaniy merosiga bo‘lgan hurmat va e’tiborni ham aks ettirishdi.

Milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlodga yetkazishda namuna bo‘lish orqali biz avvalo, o‘zligimizni saqlaymiz, madaniyatimizni boyitamiz va kelgusida mustahkam ma’naviy tayanch yaratamiz.