Monitoring jarayoni (MUNOSABAT)
Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Iftixor” MFY hududida “Me'mor oʻtkir Chovka” MCHJ tomonidan 1ta 12 qavatli, 1 ta 16 qavatli uy-joy qurilishi belgilangan.
Monitoring jarayonida Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi tegishli qaroriga zid ravishda qurilish-montaj ishlarini boshlagani uchun MJtKning 99-modasi 7-qismi bilan bayonnoma tuzilib, chora koʻrilgan.
Shuningdek, o'rganishlar davomida tasdiqlangan loyiha hujjatlarida 1ta 16 qavatli va 1ta 12 qavatli binolar qurilishi belgilangan, amalda ushbu 1ta 16 qavat va 1ta 12 qavatli binolar loyihaga asosan qurilgan. Bundan tashqari 12 qavatli binoning 5-11-qavatlari, 16 qavatli binoning 10,11,12-qavatlarining beton devorlari (monolitnaya diafragma) loyiha hujjatlari boʻyicha V20 (M250) koʻrsatilgan, ushbu temir beton ishlari qayta laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilganda (M169-M226) oraligʻida loyihaga mos kelmasligi va ishlatilgan gazoblok mahsulotlari sifatsizligi aniqlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib inspeksiya Iqtisodiy sudga ushbu bino va inshootlarni buzish boʻyicha da'vo arizasini kiritib, sud jarayonida obyektni buzdirish boʻyicha qaror qabul qilingan.