UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Toshkent viloyati Qibray tumani Salar shararchasida 240 MVt bugʼ gaz issiqlik elektr stansiyasi qurilishi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Mazkur obyekt qurilishi  Qibray tumani hokimining 2021-yil 1-iyundagi qarori asosida boshlangan. Davlat kadastr palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 2021-yil 4-avgustdagi koʼchmas mulk obyektiga boʼlgan huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisida davlat reestridan koʼchirmada roʼyxatdan oʼtkazilgan yer maydoni 37000 m2 ni  tashkil etadi.

Ishchi loyiha hujjatlari "ENPRO power construction" (Turkiya) loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, "UzAsystem" MChJ QK tomonidan adaptatsiya qilingan. Loyiha hujjatlari “Shaharsozlik va Qurilish Eksperti” MChJ tomonidan ekspertizadan oʼtkazilgan.

Obyekt 2021-yil 6-iyulda inspeksiya tomonidan roʼyxatga olingan.

Bugungi kunda u yerda qurilish-montaj ishlari yakunlangan, bino va inshootlardan foydalanilmoqda. Ammo buyurtmachi tomonidan obyektni foydalanishga qabul qilish boʼyicha ishchi va davlat qabul qilish komissiyasi dalolatnomasi rasmiylashtirilmasdan ish faoliyati boshlangan. 240 MVt bugʼ gaz issiqlik stansiyasiga chegaradosh hududda 12 ta yakka tartibdagi uy-joylar mavjud boʼlib, ular "CENERGO" MChJ tomonidan belgilangan tartibda muhofaza hududiga amal qilinmasdan qurilgan. Mavjud muammo inspeksiya tomonidan nazorat ostiga olingan.