UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Rost24.uz telegram kanalida e'lon qilingan "Prezident bergan imtiyozlardan kim foydalanmoqda? nomli maqolada ko‘tarilgan savollar bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilayotgan obyektlarning narxi yuzasidan avvalo shuni taʼkidlash o‘rinliki, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga asosan Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z tovarlarini (ish, xizmatlarini) bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga haqliligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmonining 4-bandiga asosan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida quyidagi ishlar:

  • massivlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish, tashqi avtomobil yo‘llari, ichimlik va oqova suv ta’minoti tarmoqlarini qurish;
  • Davlat budjeti mablag‘lari, hududlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • tashqi elektr va gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJlarning o‘z mablag‘lari hamda asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra Davlat budjetidan ajratiladigan qisqa muddatli foizli ssudalar hisobidan;
  • ko‘p qavatli uy-joylarni qurish — tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarish — mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
  • ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, tibbiyot punktlari, isitish qozonxonalari va boshqalar)ni qurish Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilganda, ushbu ishlar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bajarilishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-son Farmonining 3-band v-kichik bandida, 2023-yil 1-yanvarga qadar:

  • sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi;
  • “Yangi O‘zbekiston” massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning bo‘sh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish bo‘yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-51-son Farmonining 3-ilova bilan tasdiqlangan “2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan qurilish materiallari va xom ashyolar” ro’yxatida 2023-yil 1-maydan boshlab, qurilish materiallari va xom ashyo turlarini import qilishda, portlandsement, glinozem sement, shlakli sement, supersulfatli sement yoki o‘xshash gidravlik sementlar, bo‘yalmagan yoki bo‘yalgan sement, tayyor yoki klinker shaklidagi sement, yog‘och materiallar, yog‘och-qirindili plitkalar, elimlangan fanera, faneralangan panellar va analogik qatlamli yog‘och, beton quyish uchun qoliplar, energiya tejamkor bazalt qoplamalari va issiqlik bilan polirovkalangan shisha va yuzasi shlifovkalangan yoki polirovkalangan shisha materiallari uchun bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga asosan “Yangi O‘zbekiston” massivlarning bo‘sh turgan yer uchastkalari va uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda quriladigan uylarning manzilli ro‘yxati tasdiqlangan. 
Unga ko‘ra Toshkent shahri, Sergeli tumani A.Navoiy MFYda, “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi belgilangan.

Shuningdek, mazkur 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32 Farmoninng 2-band ikkinchi xatboshida ko‘p qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinishi belgilangan bo’lsa-da, massiv hududi (4 gektar) bitta lot bilan sotuvga qo’yilib, tadbirkor tomonidan ushbu hudud sotib olingan. Bu esa o’z navbatida yerni qimmat narxda sotib olishga va uy-joylarning narxi oshishiga olib kelgan.

Mazkur hududda 2022-yilda jami 1 536 ta xonadondan iborat 24 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu uylarni 2022-yil yakunigacha topshirilishi kechiktirilayotganligi sababli Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga asosan Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A.Navoiy massivini barpo etish ishlari 2023-yilga o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi A.Navoiy massivini barpo etish ishlari 2023-yil etib belgilanganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmonida belgilangan imtiyozlar qo’llanilmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-son Farmoniga tasdiqlangan. Mazkur Farmonga muvofiq massivlarda qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ularda mahalliy zamonaviy qurilish materiallari hamda uskunalarini keng qo‘llash orqali uy-joylarning narxini pasaytirish va quruvchi tashkilotlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish topshirig‘i berilgan.

Farmonga muvofiq joriy yilda ham ushbu massivda uy-joylar qurilishi davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga Farmonda Toshkent shahrida bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida aholiga ipoteka va subsidiya uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori belgilangan. Bunda Toshkent shahrida 70 kv.metr uy-joylar uchun 399 mln.so‘mdan oshirilmasligi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbarining tashabbusiga ko‘ra uy-joy sotib oluvchi fuqarolarga ham subsidiya to‘lab berilishi belgilangan. Subsidiya miqdori uy-joy narxidan qat’iy nazar 32 million so‘m bir martalik qaytarib bermaslik sharti bilan to‘lab beriladigan boshlang‘ich badal hamda kredit to‘lovining dastlabki 5 yil davomida fuqaroning 10 foizdan oshgan qismini davlat tomonidan to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Bugungi kunda uy-joylar qurilishini yanada arzonlashirish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagi choralar ko‘rilmoqda:

  •  buyurtmachi xizmati tashkilotlariga uy-joylar bo‘yicha loyihalashtirish bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda ular energiya tejamkor devorbop qurilish materiallarini qo‘llashga asosiy e’tibor qaratish;
  • loyiha-qidiruv tashkilotlariga – ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi obyektlari bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda energiya tejamkor devorbop qurilish materiallardan keng foydalanish bo‘yicha tavsiyalari ishlab chiqilib, amaliyotda qo‘llanmoqda; 
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoni bilan (10.5-band) shaharsozlik normalari va qoidalariga ko‘p qavatli uy-joylarning yerto‘lalarini foydali maydon sifatida ishlatish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 55-sonli bayoni bilan (20.1-band) yangi quriladigan ko‘p qavatli uylar yerto‘lasida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha shaharsozlik (qurilish) normalari va qoidalariga o‘zgartirish kiritish kabilardir.