MUNOSABAT
✅ Telegram messenjerida joylangan qurilish obyektida avtokran ishlab, aholining tinchligini buzayotganligi haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Mazkur videolavhada aks etgan obyekt Navoiy viloyati Navoiy shahri “Bunyodkor” MFY hududida “Navoiy Ishonch Gilam” MCHJ tomonidan qurilayotgan 5 qavatli turar-joy binosi ekanligi aniqlandi.
Olib borilgan oʻrganish ishlari davomida pudrat tashkilot “Navoiy Ishonch Gilam” MCHJ tomonidan qurilish obyektining toʻliq oʻrab olinmaganligi hamda ogohlantiruvchi bannerlar tashkil etilmaganligi sababli Navoiy viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi masʼullari tomonidan “Navoiy Ishonch Gilam” MCHJning texnika xavfsizligi boʻyicha va ish boshqaruvchi masʼul xodimlariga tegishli koʻrsatmalar berildi.
✅ Shuningdek, pudrat tashkilot vakillariga aholiga noqulaylik tugʻdirmaslik maqsadida kunduzgi 8:00dan kechki 20:00ga qadar qurilish-montaj ishlarini texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda olib borish lozimligi tushuntirildi.