UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Mirobod tumani Zaminobod MFY Qizil Arvat ko’chasi 28-uy manzilidagi “O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI” AJ Kapital qurilish direksiyasiga tegishli “DSO qozonxonasi hududida 5 qavatli turar-joy binosi” qurilish obyekti bo’yicha nuz.uz  sayti orqali tarqalgan maqola  yuzasidan  quyidagilarni ma`lum qiladi:

Ta’kidlash lozimki, bugungi kungacha ushbu obyekt bo’yicha bir necha marotaba murojaatlar kelib tushgan.

Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi “Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi” tomonidan 2021-yil 14-oktabrda ijobiy xulosalar asosida kelishilgan eskiz loyiha hujjatlarida SHNQ 2.07.01-03 ning 15*-26* bandlari bo’yicha qayta ko’rib chiqilishi va mazkur qonun buzilish holatlari o’z tasdig’ini topgan taqdirda kelishilgan loyiha hujjatlarini O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib tamoillar to’g’risida”gi Qonunning 59-moddasiga ko’ra bekor qilishini va hududiy nazorat inspeksiyasi yozma ravishda xabardor qilinishi yuzasidan 2023-yil 28-martda xat yuborilgan.

Hozirgi kunda mazkur nizoli masala fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudi va Toshkent tumanlararo ma’muriy sudlarida ko’rib chiqilib, arizachi R.G’aniyev va O.Yashnarbekovlar tomonidan berilgan da’vo arizalari qanoatlantirilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi “Uy-joy kodeksi”ning 140-moddasiga ko’ra barcha nizoli masalalar sud tartibida ko’rib chiqilishi belgilanganligini inobatga olib, fuqaro R.G’aniyev va boshqalar sudning yakuniy xulosasiga ko’ra ish olib borishlari maqsadga muvofiqligi bildiriladi.