UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahri  "Mustaqillik" MFY Andijon ko‘chasidagi  24-ko‘p qavatli uyning xonadonida yashovchi fuqarolar tomonidan 2023-yil 25-iyul kuni yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Murojaatda ko‘p qavatli uyningoqova suv tarmog‘i nosozligi, yashash sharoiti talabga javob bermasligi   to‘g‘risida fikr yuritilgan.

Mazkur murojaat tegishli tashkilotlar bilan joyiga chiqib o‘rganilganda "Mustaqillik" MFY Andijon ko‘chasidagi  24-son ko‘p kavatli uyning oqova suv tarmog‘i to‘lganligi aniqlandi. "Qo‘rg‘ontepa" uy-joy kommunal servis boshqaruv tashkiloti xodimlari tomonidan maxsus fekal mashinasida oqova xandag‘idagi chiqindi suvlarini tortib tozalandi. Ko‘p qavatli uyning oqova tarmog‘idagi eskirgan nosoz quvurlarni BSK tamonidan yangilariga almashtiriladigan bo‘ldi. Shuningdek,  ko‘p qavatli uyning atroflari obodonlashtirilib, nosozliklar bartaraf etildi.