MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani "Mevazor" mahallasidagi ko‘p kvartirali uylarning foydalanishga qabul qilinmayotgani xususida aholi tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Bugungi kunda buyurtmachi/pudratchi “Arab Qovchin Iqboli” MChJ, “Minora kafolat qurilish servis” MChJ, “Asl inshoat invest quruvchi” MChJ hamda “Oltin nishona” xususiy korxonalari tomonidan 5 qavatli jami 4 ta turar-joy binolarida qurilish –montaj ishlari yakunlangan.
Biroq, ushbu turar-joy binolari uchun tashqi muhandislik tarmoqlari (gaz, elektr, ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda ichki yo‘l) qurilishi hamda avtoturargoh, bolalar maydonchalari va obodonlashtirish ishlari hanuzga qadar loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilmasdan qolmoqda.
Buning oqibatida esa turar-joy binolari foydalanishga qabul qilinmasdan qolmoqda hamda uy-joyga ehtiyojmand aholining xaqli e'tirozlari sabab bo‘lmoqda. Hozirda tashqi kommunikasiya tarmoqlari uchun mablag‘ ajratish masalalalari
hal etilish arafasida ekanligi aniqlandi. Mazkur muammo qat'iy nazorat ostiga olinganini ma'lum qilamiz.