UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Telegram messenjerida tarqalgan Navoiy viloyati Karmana tumani “Talqoq” MFY hududida "Navoiy Tears Invest” MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 5 qavatli turar-joy qurish obyektidagi holat  yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

- pudrat tashkiloti "Navoiy Tears Invest” MChJ tomonidan energiya tejovchi parametrlarni hisobga olgan holda, turar-joy obyektining tashqi devorlariga harorat saqlovchi penopleks qoplamasi montaj qilingan. Qoplama ustki qismidan qurilish toʼri bilan asosga mahkamlanib, suvoqlash va pardozlash ishlari bajarilgan.

- ekspluatatsiya davrida tashqi taʼsirlar natijasida toʼr qoplamaning yetarli darajada asosga mahkamlanmagan bir qismi asosdan ajralib chiqqan. Mazkur qismning oʼz vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli suvoq massasi ogʼirligi bilan bino boʼylab ajralib tushgan. Binoning yuk koʼtaruvchi va harorat saqlovchi izolyatsiya qatlamiga zarar yetmagan. Pudrat tashkilot tomonidan bugungi kunda bino fasad qismini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.