UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

O'zbekiston milliy axborot agentligining telegram kanalida e'lon qillingan holat bo'yicha Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

 Yangiyo‘l tumani “Ahil” MFY hududida 1ta 20 xonadonli uy-joy obyekti bo'yicha doimiy nizolar kelib chiqmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-6186-son qarori asosida qurilayotgan obyektning buyurtmachisi va loyiha tashkiloti QISHLOQ QURILISH INVEST bo'lib, pudrat tashkiloti “Ideal shans servise” MCHJ hisoblanadi. 5 qavatli 1 yo‘lakli 20 xonadonli mazkur uy-joy shartnoma shartiga ko‘ra foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 1-iyun bo'lgan.
Ammo hozirda qurilish-montaj ishlarining 97 foizi bajarilgan.

Bugungi kunda obyektda tashqi kommunikatsiya ishlari, gaz tarmoqlari, TP elektr energiya o‘rnatish ishlari to‘liq bajarilmagan. Tashqi beton yo‘laklarini qurish, irrigatsiya latoklarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetmagan hamda foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan. Lekin bugungi kunda turar-joy binosida xonadon egalari yashab kelmoqda.

Hududiy inspeksiya tomonidan obyektda nazorat ishlari doimiy olib borilgan, mas'ullarga jami 6 ta yozma ko‘rsatma berilgan.

Shuni aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi va 2020-yil 20-avgustdagi qarorlariga asosan quruvchi tashkilot va xonadon sotib olgan fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma talablarini o‘z vaqtida bajarilishi hamda qurilish-montaj ishlarini reja-grafikka asosan topshirilishini nazorat qilish vazirlik inspeksiyasi vakolatiga kirmaydi.