UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Murojaat ga asosan Chilonzor tumani Al Xorazmiy dahasidagi 55-uyning yerto‘lasida olib borilgan qurilish jarayonida uyning poydevor qismi noqonuniy ravishda buzilib, eshik ochilgani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiya tomonidan o‘rganildi. Qoidabuzarlik bo‘yicha tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, mulkdorga  binoni o‘z holiga qaytarish bo‘yicha muddat belgilandi. Qoidabuzarlikni amalga oshirgan fuqaro tomonidan hozirda tiklash ishlari 70 foiz amalga oshirilgan bo‘lib, mazkur jarayon inspektorlar nazoratida ekanligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, inspeksiya Shayxontoxur tumanida ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida olib borilgan qurilish ishlari jarayonida binoni ushlab turgan tayanch devorga shikast yetkazilgani aytilgan murojaat  yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Mazkur holat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspektsiyasi tomonidan o‘rganilganda haqiqatan ham tadbirkor tomnidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga bino tayanch devorini qayta tiyelash bo‘yicha 15 kunlik muddat belgilandi. Ushbu vaqt davomida qoidabuzarlikka barham berilmasa, tadbirkorga nisbatan tegishli tartibda bosqichma bosqich qonuniy chora ko‘rilishin ma’lum qilamiz.