MUNOSABAT
“Millar” ko‘rsatuvi orqali Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar istiqomat qiluvchi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kanalizatsiya tarmog‘idagi nosozlik sabab doimiy ravishda suv toshib, turli hasharotlar va badbo‘y hid to‘lib yotgani, fuqarolar bu holatdan aziyat chekishayotgani haqida so‘z borgan lavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Soha vakillari tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganilganda ko‘p qavatli uyning ichida, ya’ni kommunikatsiya tarmoqlarida muammo mavjud emasligi, aksincha magistral oqova suv tizimi (kanalizatsiya) liniyasidagi quvurga daraxt ildizi kirib qolganligi aniqlangan. Shayxontohur tumani oqova xizmatlari bo‘limi tomonidan iyul oyining birinchi 10 kunligida asosiy kanalizatsiya quviri ochilib, muammo bartaraf etilishi ma’lum qilinadi.