UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Telegram messenjeri orqali Toshkent viloyati Olmaliq shahri  "Uvaysiy" MFY Ulug'bek ko'chasida joylashgan buyurtmachi “Agromir building” MChJ tomonidan qurilgan 16 qavatli 35-sonli turar-joy binosida o'rnatilgan lift moslamasining ishlamasligi  hamda qurilish-montaj ishlarining sifat darajasini o'rganish natijasida quyidagi holatlar aniqlandi:

Obyekt  uchun Toshkent viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun 2023-yil 17-fevralda ruxsatnoma olingan hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-aprelda 200-sonli qaror asosida foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.

Buyurtmachi tashkilot tomonidan qurilgan 16 qavatli 35-sonli turar-joy binosida o'rnatilgan lift moslamasining ishlamay qolishiga sabab fuqarolar yangi uyga ko'chib kirishlari davomida unga belgilangan me’yordan ortiqcha yuk ortganligi va lift moslamasining kirish eshiklari belgilangan vaqtdan ortiq ushlab turilganligi natijasida avtomatik ravishda to'xtagan.

Bugungi kunda MChJ tomonidan lift moslamasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan.