UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Xayrandara” MFY hududida qurilgan bolalar bog‘chasining cho‘ka boshlagani haqida tayyorlangan material  yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspektsiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:

O‘rganish ishlari davomida DMTT binosining orayopma tag qismidan o‘tgan suv quvuri yorilishi oqibatida suv ketganligi hamda 1,5-2 sm atrofida cho‘kish hosil qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda bog‘cha binosining  devor qismi Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda "O‘zGAShKLITI" MChJ mutaxassislari xulosalari asosida buzib tashlanib, suv quvurlari qaytadan bajarilgan. Shundan so‘ng devor terish ishlari amalga oshirilib, mavjud barcha kamchiliklar bartaraf etilgan.