UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Qarshi shahar  “Chulquvar” MFY 4-mitti tumani hududida joylashgan 6- A-sonli ko‘p qavatli uyning 24-xonadonida yashovchi fuqaro Eshqobilov Azizing 2023-yil 01-avgust kuni Eltuz portali orqali “Qarshi shahar “Cho‘lquvar” MFYga qarashli 6/A uy 24-xonadonda quvurlar nosozligi sabab suv toshayotgani, mas’ul shirkat muammoni bartaraf qilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatiga ko‘ra Qarshi shahar bo‘limi, ko‘p qavatli uyga texnik xizmat ko‘rsatib kelayotgan “Lochin-Sanjar BK” BSK, murojaat muallifi va ko‘p qavatli uyda yashovchi mulkdorlar ishtirokida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, haqiqatdan bir necha kun oldin murojaat muallifi istiqomat qilib kelayotgan 24-xonadonga yuqori qavatda joylashgan qo‘shnisi, ya’ni 26-xonadon ichki qismida joylashgan quvurlardan suv toshganligi aniqlandi. Ishchi guruh tomonidan 6-A-sonli ko‘p qavatli uyda joylashgan 26 va 28-xonadon mulkdorlarini jalb qilgan holda xonadonlar ko‘zdan kechirilganida 3 va 4-qavatda joylashgan xonadonlar ichki xojatxona va oshxonada joylashgan kanalizatsiya quvurlaridan suv o‘tayotganligi ma’lum bo‘lib, ushbu eski quvurlarni yangi plasmassa quvurlariga Boshqaruv tashkilot tomonidan almashtirib, ta’mirlash zarurligi yuzasidan fuqaro G.Ganievaga tushuntirilib, hozirgi kunda unga tegishli bo‘lgan 26-xonadon ichki qismida joylashgan markaziy va ichki xonalarga o‘tgan quvurlarni xonadon mulkdori xonadoni ta’mirlash jarayonida plitka va boshqa jihozlar bilan o‘rab olganligi sababli muammolar kelib chiqayotganli hamda zudlik bilan markaziy kanalizatsiya quvurlar joylashgan qismini ochib berish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, 26-xonadon mulkdori G.Ganievaga 2-kun muddat ichida xonadon ichki qismidan o‘tgan markaziy kanalizatsiya quvurlar joylashgan qismini ochib bermagan taqdirda majburiy tarzda buzish  uchun Boshqaruv tashkilot tomonidan mulkdorlar ishtirokida tegishli dalolatnoma tuzilib, sud huquq organlariga taqdim etilishi yuzasidan ogohlantirish berilganligi haqida 24-xonadon mulkdori, ya’ni murojaat muallifi A.Eshqobilovga huquqiy tushunchalar berildi.