UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi kun.uz saytida e'lon qilingan holat  yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo'li ko'chasida joylashgan  “AVTOMOTOHAVASKOR ORLANDA” MChJ tomonidan avtoturargoh pastki qavatlarida savdo va maishiy xizmat ko'rsatishga oid mehmonxona hamda ko'p qavatli turar-joy binolarini rekonstruksiya qilish obyekti bo'yicha  Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2019-yil 26-noyabrdagi xulosasi olingan. 2021-yilda 2-martda hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etgan hamda obyektda tizimli nazorat o'rnatilgan. Nazorat davrida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha qurilish qatnashchilariga yozma ko'rsatmalar berilgan va talablar o'z vaqtida bartaraf etilgan.

Aniqlanishicha,
1.    suvoqova tarmog‘i bo'yicha kanalizatsiya diametri 300 mm truba eskirganligi sababli almashtirilgan va yangilanish vaqti 1.5 oyni tashkil etgan;
2.    qurilish maydonida joylashgan injener-muhandislik tarmoqlarida joylashgan 12-16 ta yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari 16-sonli shifoxona, metro, Integro savdo majmuasiga o'tkazilgan bo’lib, 2020-yilda koronavirus pademiyasi sababli elektr tarmoqlarini liniyadan uzish va ko'chirish imkoniyati bo’lmaganligi sababli holat 7 oyga cho’zilgan.  

Hozirgi kunda buyurtmachi “AVTOMOTOHAVASKOR ORLANDA” MChJ qurilish-montaj ishlarini 2023-yil dekabr oyiga qadar to’liq yakunlashini ta'kidlab o’tdi.