UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi
Vazirga murojaat

Yangiliklar

MUNOSABAT

Telegram messenjerining “Tanqid va Tahlil” kanali orqali Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani istirohat bog`ining orqa tomonida qurilgan 7 qavatli ko`p qavatli turar-joy binolari holati bo`yicha keltirilgan xabar yuzasidan Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo`jalik sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o`rganish olib borildi.

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani "Yangi hayot" MFY hududida qurilgan 7 qavatli turar-joy binolari belgilangan tartibda qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Andijon viloyati Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 25-iyunda ishlab chiqilgan arxitektura rejalashtirish topshirig`iga ko`ra hududdagi qurilishi belgilangan turar-joy binolarini gazlashtirish ko`zda tutilmaganligi uchun obyektlarning loyiha hujjatlarida ham gazlashtirish mavjud emas va binolarga gaz quvurlari tortilmagan.

Ushbu massivni elektr ta’minoti bilan ta’minlash bo`yicha 1 dona 140 kVt lik va 1 dona 630 kVt lik elektr transformatorlar o`rnatilgan.
Hududning ichimlik suv va oqova suv ta’minoti tizimi ishchi holatida ekanligini ma’lum qilamiz.