UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Yakkasaroy tumani Afrosiyob ko‘chasi 13- son uyning yuqori qavatida joylashgan texnik joy egallab olinishi yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi 8 qavatdan iborat 13-uyning yuqori qavatida bo’sh maydon bo’lib, liftlarning texnik xonasi va uyning havo aylanishi tizimlari joylashgan. Ushbu joy ko‘p kvartirali uyning birlamchi loyihasiga ko‘ra texnik qavat va yong’in xavfsizlik o’tish yo’li sifatida barpo etilanganligi hamda ushbu obyekt 1993-yilda xususiylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 124-moddasiga ko‘ra:

Ko‘p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to‘siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto‘lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o‘z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi. Ko‘p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi asl holida ajratib berilishi mumkin emas.

Hozirda mazkur joyni 13-uyning 8-qavatiga berilgan mulk huquqini bekor qilish va umumiy mulki sifatida qaytarish yuzasidan mazkur uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Sava servis” UJMSH tomonidan Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi kiritilib, sud ishlari davom etayotganligini ma'lum qilamiz.