UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

Yangiliklar

MUNOSABAT

Qarshi shahri “Komilon” mahallasi “Universitet” koʻchasida yashovchi aholi vakillari hududda 6 qavatli mehmonxona qurilgani va bu mehmonxona derazalarining ular yashayotgan xonadon hovlisiga qaraganidan norozi boʻlayotgani aytilgan murojaat (https://www.youtube.com/watch?v=YEVdnVRJLV8) hududiy inspeksiya tomonidan oʻrganildi.

Mazkur obyekt uchun “Qutlugʻ Qadam” MCHJ  tomonidan Davlat  xizmatlari agentligi orqali hududiy inspeksiyaga 2020-yil 8-oktabrda ariza orqali xabarnoma yuborilgan va u roʻyxatga olingan. Doimiy nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda buyurtmachi/pudratchi “Qutlugʻ Qadam” MCHJ  tomonidan  ushbu binoda ichki va tashqi suvoqlash hamda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bino qurilishi boʻyicha tasdiqlangan ishchi loyihasida “A” va “M” harfiy oʻqlari boʻylab, “7-9”-sonli  oʻqlar oraligʻining 3;4 va 5-qavat tashqi devorlarida  (12 dona) deraza romlari oʻrnatish oʻrinlari koʻrsatilgan hamda deraza romlar oʻrni joylashuvi ishchi loyiha talabi qoldirilgan.
Hududiy inspeksiya nazorat paytida “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalari meʼyoriy hujjatining 26-bandida tomorqa uchastkalari boʻlgan shaxsiy qurilish tomonlari quyidagi talablarni qondirishi lozimligini ta'kidlagan.
Jumladan,
1.  har qanday bino qurilishi qoʻshni uchastka egalari bilan kelishilishi;
2.  turar-joy va xoʻjalik binolarining qoʻshni uchastkalardan koʻrinish panaligini taʼminlashi;
3.  oʻz hududidan muhandislik tarmoqlarini  kiritishi;
4.  piyoda-transport va muhandislik aloqalari, shuningdek, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlashtirishning saqlanishini taʼminlashi;
5.  qoʻshnining turar-joyiga quyosh tushish normalarini taʼminlanishi kabi talablar bajarilishini ko'rsatmada qayd etgan.

Murojaatchilarga mazkur talablar bajarilmasa  yuqori turuvchi organ sudga murojaat qilinishi kerakligi tushuntirilgan.