MUNOSABAT (Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi)
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar Gazli shoh ko‘chasidagi maktabgacha ma‘lim muassasi, sport majmuasi va umumiy ovqatlanish hamda savdo majmuasi obyekti joyiga chiqib o'rganildi va quyidagi kamchiliklar aniqlandi:
- binoning ayrim poydevor qismlarida beton bloklar ishlatilgan;
- amaldagi “Seysmik hududlar qurilish” 2.01.03-19 QMQga asosan bajarilmagan.
Obyektda yuritilayotgan ijro texnik hujjatlari - qurilish materiallarining sifatini ta'minlash uchun kiruvchi nazorat, umumiy ish, payvandlash ishlari va beton ishlari jurnallari hamda ko‘rinmas ishlar dalolatnomalarining to‘liq yuritilishi ta'minlanmagan.
O‘rganish jarayonida obyektga keltirilgan armaturalar oldin ishlatilgani va sifatsizligi aniqlandi. Shuningdek, armokarkazlarda ishlatilgan barcha armaturalar sifatsiz hamda poydevor tom yopma plitalar loyihaga zid tarzda bajarilgan. Yerto‘la qismida tom yopma plitalar orasidagi monolit temir beton esa QMQ 2.01.03-19 talabiga javob bermaydi. Buning ustiga qurilish ishlari ShNQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” me'yoriy hujjatining 1.12-1.13; 1.15-1.16-bandlari talabi asosida tashkil etilmagan.
Nazorat inspeksiyasi tomonidan yuqoridagi barcha kamchiliklar inobatga olinib, sifatsiz va loyihaga zid ravishda qurilish-montaj olib borgani sababli MJTkning 99-moddasi 1-qismi bilan mas'ul fuqaro javobgarlikka tortilgan.