MUNOSABAT (Chirchiq shahar "Iftixor"MFY hududida qurib bitkazilgan turar-joy binosi ya'ni 11 hamda 12-uylarning texnik holati o'rganildi)
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Kozim To'laganov topshirig'iga asosan "Qishloqqurilishloyiha" MJCH bosh loyiha qidiruv instituti mutaxassislari tomonidan Chirchiq shahar "Iftixor"MFY hududida qurib bitkazilgan turar-joy binosi ya'ni 11 hamda 12-uylarning texnik holati o'rganildi.
Unga ko'ra:
11 va 12-turar joy binolarining yuk ko'taruvchi konstruksiyalarida nuqsonlar, yoriqlar va boshqa shikastlanishlar kuzatilmaganligi sababli qoniqarli holatda ekanligi aniqlandi;
turar joylarning yer to'la devorlari beton sinfi B20 (M250), devor panellari beton sinfi B (M250) va tom yopma plitalari beton sinfi B25 (300M)ni tashkil etmoqda.
Ayni damda ushbu qurilish obyektida SHNK 2.02.01.98 "Bino inshootlar asoslari" me'yorlarining 2.68, 2.69 va 3-13-bandlari talablariga asosan har 300 mmda qatlam-qatlam gruntning mustahkamligi 1.65/m3 ga yetgunga qadar shibbalab, uni qayta ko'mish ishlari bajarilmoqda hamda SHNKning 2,01,09-97 ya'ni "Cho'kuvchan va o'ta cho'kuvchan gruntli hududlarda quriladigan bino va inshootlar" 9-bandiga talablariga muvofiq bino premetri bo'ylab eni 200mmli tarkibida nometall armaturasi bo'lgan qalinligi 100mmli beton yo'lak ya'ni (otmostka) ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ilk bosqichdagi ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotiga loyihaviy yechimlar taqdim etildi.
Amalga oshirilayotgan loyihaviy yechimlar pudrat tashkiloti tomonidan to'liq bajarilgandan so'ng ushbu binolarni kelajakda xavfsiz ravishda ekspluatatsiya qilish bo'yicha ikkinchi navbatdagi konstruktiv loyiha yechimlari ishlab chiqiladi.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda mutaxassislar tomonidan hozirda ushbu turar-joy binolari avariya holatida emasligi aniqlandi.